Fransiya Milliy magistratura maktabi bilan hamkorlikni rivojlantirish

Fransiya Milliy magistratura maktabi bilan hamkorlikni rivojlantirish


2021-yilning 17-dekabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati Fransiya Milliy magistratura maktabining Xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari – loyiha rahbari L.Bronkard va loyiha menejeri F.Jilbert bilan uchrashdi. 
Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish, xatlangan va musodara qilingan mulklarni qaytarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek tomonlarni qiziqtirgan masalalarda seminarlar, treninglar va boshqa ilmiy tadbirlar tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.