Joriy yilning 22-dekabr kuni jinoyatchilik holatini uzluksiz monitoring qilish salohiyatini mustahkamlash borasida Yaponiya Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi qo‘shma ishchi guruhining navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya Adliya vazirligining jinoyatchilik to‘g‘risidagi hisobotini “White paper on crime” tuzish tartibi to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.
Xususan, jinoyatchilik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish to‘g‘risida, shuningdek mazkur hisobotni tuzishda turli idoralar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha malumot taqdim etildi.
Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va o‘zaro hamkorlikni yanada samarali davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.