Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

Akademiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

2022 yil 14 fevral kuni Akademiya kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengash ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimlari, ilmiy jamoatchilik vakillari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Majlisda Akademiyaning mustaqil izlanuvchilari ilmiy faoliyatining 2021 yil yakuni bo‘yicha monitoringi natijalari, talabgorlarni “dotsent” ilmiy unvoniga tavsiya etish hamda Akademiya ilmiy xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlarini nashrga tavsiya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga majlisda Oliy attestatsiya komissiyasi qarori bilan “dotsent” ilmiy unvoniga tasdiqlangan Akademiyaning bir guruh xodimlariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

Shuningdek kun tartibidagi boshqa masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.