Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili bilan uchrashuv

Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili bilan uchrashuv

Bosh prokuratura Akademiyasida Akademiya rahbariyatining Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi loyihalari koordinatori janob Alessandro Liamine bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar amaldagi loyiha va dasturlarni amalga oshirish  borasida fikr almashishdi. Shuningdek, ikkala tomon uchun manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.