Akademiya rahbariyatining BMT GJB Markaziy Osiyodagi jinoiy odil sudlov dasturi xalqaro menedjeri Kun Markvering bilan uchrashuvi

Akademiya rahbariyatining BMT GJB Markaziy Osiyodagi jinoiy odil sudlov dasturi xalqaro menedjeri Kun Markvering bilan uchrashuvi

Akademiya rahbariyatiningBMT Giyohvandlik va jinoyatchilik qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi jinoiy odil sudlov dasturi xalqaro menedjeri
Kun Markvering va milliy loyiha menedjeri S.Alikulova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Akademiya va Vakolatxona tomonidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar holati va keyingi qadamlari muhokama qilinib, O‘zbekiston va BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni yanada rivojlantirish “Yo‘l xaritasi” doirasidagi Akademiyaga taalluqli tadbirlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.