Akademiya rahbariyatining BMT Giyohvandlikka va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi shtab kvartirasining huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoiy sudlov koordinatori L. Fransisko de Xorxe Mesasam va loyixa milliy koordinatori M. Xakimovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, loyiha doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro huquqiy hamkorlik masalalarida o‘qitish, bu borada zamonaviy IT instrumentlarini yaratish, mintaqaviy treninglar tashkil etish tadbirlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligi bildirildi.