BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2022 yil 16 mart kuni Akademiya rahbariyati BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Rishard Komenda va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining O‘zbekiston Respublikasidagi milliy vakili Guljaxon Amanova bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bosh prokuratura Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan “Inson huquqlariga oid Halqaro huquq” magistratura mutaxassisligi qo‘shma dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha konsorsiumni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.