Jinoyatlarning olini olish masalalari muhokamasiga oid uchrashuv o‘tkazildi

Jinoyatlarning olini olish masalalari muhokamasiga oid uchrashuv o‘tkazildi

Bosh prokuratura Akademiyasidada BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokamasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi vakillari ham taklif etilgan uchrashuvda BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasining texnik ko‘magi yordamida yo‘l transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik va animatsion film ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida taraflar tomonidan media-kontentni yaratish hamda uni tarqatish taribi bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida kelishuvga erishildi.