Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida salohiyatni oshirish

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida salohiyatni oshirish

Akademiya xodimlari Moliyaviy monitoring xalqaro o'quv-metodik markazi (Rossiya Federatsiyasi) tomonidan 2020 yil 5-14 oktyabr kunlari videokonferensiya rejimida o'tkazilayotgan “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlarni tayyorlash” mavzusidagi o'quv kursida ishtirok etmoqda.

Mazkur o'quv kursning maqsadi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta'minlash va pedagogik faoliyatning tizimli yaxlitligini shakllantirishdan iborat.

O'quv kursida Belarus Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasidan Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha Xalqaro tarmoq instituti (Xalqaro tarmoq instituti) a'zolarining vakillari ishtirok etmoqda.

O'quv kursi doirasida xavfga yo'naltirilgan yondashuv, virtual aktivlardan foydalanish bilan bog'liq jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavflari, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida raqamli kompetentsiyalarni shakllantirish masalalarini ko'rib chiqish, shuningdek yosh mutaxassislar va Xalqaro tarmoq instituti o'qituvchilari forumini o'tkazish rejalashtirilgan.