Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda yuridik mutaxassislar uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim (HELP)” dasturi vakillari bilan uchrashuv

Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda yuridik mutaxassislar uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim (HELP)” dasturi vakillari bilan uchrashuv

Akademiya rahbariyati va xodimlarining Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda yuridik mutaxassislar uchun inson huquqlari bo‘yicha ta’lim (HELP)” dasturi vakillari  hamkorlik dasturlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sergey Dikman va loyiha koordinatori Kristina Xoxlova bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama qilinib, tegishli choralar belgilandi, shuningdek mehmonlar Akademiyaning tuzilmasi va faoliyati, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun o‘quv jarayonlarini tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.