ANONS  XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILISHI HAQIDA

ANONS  XALQARO KONFERENSIYA O‘TKAZILISHI HAQIDA

2022 yil 17 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil topganligining 4 yilligiga bag‘ishlangan “Yuridik kasbiy ta’limda innovatsiyalar: mavjud muammolar va yangi imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda 100 dan ortiq xorijiy va milliy ekspertlar, shuningdek, 20 ta davlat va 10 ta xalqaro tashkilotlar amaliyotchilari ishtirok etishi kutilmoqda.
Anjuman gibrid shaklda tashkil etilib, Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da (UTC+05: 00) boshlanadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar (havola).
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
(71) 202-04-96 (1777, 1793, 1791)