Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari haqida

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari haqida

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 12.00.03, 12.00.04, 12.00.07, 12.00.09, 12.00.12 ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo‘yicha navbatdagi tanlov o‘tkazildi.

Suhbatda Bosh prokuratura Akademiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Suhbatda komissiya a’zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati borasida savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.