Bank sohasi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi

Bank sohasi xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022 yil 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish tuzilmalari xodimlarini maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusida qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

O‘quv kursida Xalq bankining 184 nafar va Milliy bankning 20 nafar bank sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan xodimlari tahsil olmoqda.

Mazkur kurs tinglovchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.