O‘zkomnazorat xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi

O‘zkomnazorat xodimlari uchun masofaviy malaka oshirish kursi tamomlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi xodimlari uchun tashkil etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali idoraviy chora-tadbirlar tashkil etilishini ta’minlash” mavzusidagi qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kursi yakunlandi.

O‘quv kursi doirasida O‘zkomnazorat xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvi va uning oldini olish masalalari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari va korrupsiya uchun javobgarlik kabi mavzularda o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.

Masofaviy kurs yakunida tinglovchilar bilimlari test sinovlari vositasida tekshirildi, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga  sertifikatlar topshirildi.