Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasining jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi xodimlari tomonidan Shayhontohur tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kolleji binosida tumandagi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish borasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Shuningdek, yoshlar tomonidan berilgan savollar va ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.