“Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga ilmiy-amaliy sharh chop etildi

“Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga ilmiy-amaliy sharh chop etildi

Bosh prokuratura Akademiyasi professori, yu.f.d., V.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 25 dekabrdagi “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga ilmiy-amaliy sharh tayyorlandi.

Mazkur nashr normativ-huquqiy hujjatlarning ilmiy-amaliy tahlili asosida tayyorlangan bo‘lib, Qonunning har bir moddasiga tegishli tushuntirishlar berilgan, shu jumladan, unda tezkor-qidiruv faoliyatining maqsadi, asosiy vazifalari va prinsiplari, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi organlar, ularning huquqlari va majburiyatlari, tezkor-qidiruv tadbirlari turlari, ularni o‘tkazish uchun asoslar va shartlar, tezkor-qidiruv faoliyati natijalaridan foydalanish, idoraviy va prokuror nazoratini tashkil etish hamda mazkur faoliyat amalga oshirilishi bilan bog‘liq boshqa masalalar o‘rin olgan.

Ilmiy-amaliy sharh huquqshunoslik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari, kursantlari va magistrlari, prokurorlar, sud’yalar, advokatlar, ilmiy izlanuvchilar, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari hamda mazkur sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan.