“Scopus” bazasida maqola chiqarish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

“Scopus” bazasida maqola chiqarish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Shvetsiyaning Lund universiteti Huquq sotsiologiyasi departamenti hamkorligida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalari amalga oshirilmoqda. 

Shu munosabat bilan, Lund universiteti dotsenti R.Urinboyev tomonidan “Scopus” bazasiga kiritilgan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalarni chop etish bo‘yicha Akademiya o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun trening o‘tkazildi.

Ushbu treningda maqolaning tuzilishi va mazmuniga qo‘yilgan talablar hamda maqolalarni taqrizlash va nashr etish jarayoni bilan bog‘liq boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.