Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida 12.00.03, 12.00.07, 12.00.08, 12.00.09, 12.00.12 ixtisosliklari bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish bo‘yicha navbatdagi tanlov o‘tkazildi.

Suhbatda Bosh prokuratura Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.

Suhbatda komissiya a’zolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish bo‘yicha ko‘nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati borasida savollar berildi.

Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.