O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi “12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”, "12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi" va “12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi.
Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 2022 yil 15 oktabrga qadar http://phd.mininnovation.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasining Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga barcha zaruriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.