Bosh prokuratura Akademiyasida BMT Giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasining Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoiy odil sudlov xodimi Lulua Asaad bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda, BMT GJBning Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi V. Kozin, bo‘lim xodimi A. Irmanov va o‘quv koordinatori
I. Muqimovalar ishtirok etdi.
BMT GJB dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “Korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha global resursi (GRACE)ning” yangi tashabbusini amalga oshirish doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.