Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari bo‘yicha malaka oshirish kursi

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari bo‘yicha malaka oshirish kursi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan   maxsus ishlab chiqilgan o‘quv kontenti asosida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari bo‘yicha prokuratura xodimlarining malakasini oshirish kursi boshlandi.

2022-2023 yillar oralig‘ida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi ko‘zlangan ushbu masofaviy shakldagi kurs doirasida hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati prokuraturalarining xodimlari ta’lim olmoqdalar.

Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, ayollar huquqlarini sud orqali himoya qilish va tiklash, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning reabilitatsiyasi masalalariga doir o‘quv materiallari kurs dasturidan o‘rin olgan.

Ushbu o‘quv kursida nazariy mashg‘ulotlar amaliy va imitatsiyaviy mashg‘ulotlar bilan birga olib borilmoqda, bu esa tinglovchilarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.