Akademiyada ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi

Akademiyada ilmiy unvon olish uchun maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasida “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish hamda ijtimoiy rivojlanishning ilmiy asoslari va amaliy yo‘nalishlari” fani bo‘yicha maxsus imtihon bo‘lib o‘tdi.

Imtihon davlat va jamiyat qurilishi, ta’lim va fan, huquqni qo‘llash va iqtisod sohalarida ulkan ilmiy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan olimlar va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan o‘tkazildi.

Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorlarlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar taqdim etildi.