Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan o‘quv kontenti asosida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari bo‘yicha prokuratura xodimlarining malakasini oshirish kursi davom etmoqda.
2022–2023 yillar oralig‘ida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi ko‘zlangan ushbu masofaviy shakldagi kurs doirasida hozirgi kunda Jizzax viloyati prokuraturasining xodimlari tahsil olmoqdalar.
Xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash va ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, ayollar huquqlarini sud orqali himoya qilish va tiklash, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning reabilitatsiyasi masalalariga doir o‘quv materiallari kurs dasturidan o‘rin olgan.
Ushbu o‘quv kursida nazariy mashg‘ulotlar amaliy va imitatsiyaviy mashg‘ulotlar bilan birga olib borilmoqda, bu esa tinglovchilarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.