O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining mustaqil izlanuvchilari ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirdi.
Imtihon Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universitetining yetakchi olimlari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining professorlaridan iborat tarkibda tuzilgan komissiya tomonidan olib borildi.
Imtihonda mustaqil izlanuvchilarning maxsus fanlar va chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida hamda mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, izlanuvchilar tomonidan olib borayotgan dissertatsiya mavzusi doirasida mavjud ilmiy muammolar va ularning yechimlari xususida berilgan savollarga javoblar olindi.
Malakaviy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan tadqiqotchilarga guvohnomalar berildi.