“Tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishga oid maqolalarni tayyorlash boʼyicha talablar” mavzusida fan soati boʼlib oʼtdi

“Tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishga oid maqolalarni tayyorlash boʼyicha talablar” mavzusida fan soati boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida anʼanaviy fan soati doirasida Аkademiya boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.d., prof. M. Mamasiddiqov tomonidan “Tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirishga oid maqolalarni tayyorlash boʼyicha talablar” mavzusida mahorat darsi oʼtkazildi.

Tadbirda mazkur Аkademiya doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etishdi.

Maʼruzada ilmiy maqolalarga va dissertatsiyaga nisbatan qoʼyiladigan talablar, tadqiqotlarni olib borish usullari, tadqiqot ishlarining dolzarbligi va ahamiyati haqida batafsil ma`lumot berildi.