Bosh prokuratura Аkademiyasi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan oʼquv kontenti asosida xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish masalalari boʼyicha prokuratura xodimlarining malakasini oshirish kursi davom etmoqda.
2022-2023 yillar oraligʼida bosqichma-bosqich oʼtkazilishi koʼzlangan ushbu masofaviy shakldagi kurs doirasida hozirgi kunda Navoiy viloyati prokuraturasining xodimlari tahsil olmoqdalar.
Xotin-qizlarning huquqlarini taʼminlash va ularni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish sohalarida qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, ayollar huquqlarini sud orqali himoya qilish va tiklash, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ularning reabilitatsiyasi masalalariga doir oʼquv materiallari kurs dasturidan oʼrin olgan.
Ushbu oʼquv kursida nazariy mashgʼulotlar amaliy va imitatsiyaviy mashgʼulotlar bilan birga olib borilmoqda, bu esa tinglovchilarning kasbiy malakasini oshirishga xizmat qiladi.