Oʼzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 12.00.07, 12.00.09, 12.00.12 ixtisosliklari boʼyicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish boʼyicha navbatdagi tanlov oʼtkazildi.
Suhbatda Аkademiya, Oʼzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.
Suhbatda komissiya aʼzolari tomonidan sud-huquq sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, talabgorlarning ilmiy ish boʼyicha koʼnikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati borasida savollar berildi.
Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni boʼyicha tegishli qaror qabul qilindi.