Lavozimga yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Lavozimga yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi

Huquqni muhofaza qilish akadiyasida lavozimga yangi tayinlangan tuman (shahar) prokurorlari uchun “Prokuror faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur kurs tinglovchilarning joylardagi prokuratura organlarining faoliyatini samarali tashkil etish, korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʼrish, muammolar va nizoli vaziyatlarni hal etish, qarorlar qabul qilish, manfaatlar toʼqnashuvini oldini olish va boshqa dolzarb masalalarga oid kasbiy kompententsiyalari va boshqaruv koʼnikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yoʼnaltirilgan.

Kurs jarayonida ijro hokimiyati organlari bilan oʼzaro hamkorlik, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha sektorlarning faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.