Notiqlik san’ati bo‘yicha binar mahorat darsi o‘tkazildi

Notiqlik san’ati bo‘yicha binar mahorat darsi o‘tkazildi

Akademiyaning Harbiy va jismoniy tayyorgarlik hamda Til o‘rgatish kafedralari tomonidan bakalavriat talabalari uchun notiqlik san’ati bo‘yicha binar mahorat darsi o‘tkazildi.

Binar darsda Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasi boshlig‘i Sh.Uzakov hamda Til o‘rgatish kafedrasi dotsenti X.Axmedovalar ma’ruza qildilar.

Dars davomida yetuk notiqlarning chiqishlaridan lavhalar ko‘rsatildi va  talabalar o‘zlarining notiqlik mahoratlarini namoyish etishdi.

Dars yakunida eng yaxshi chiqish qilgan talabalar G.Mamaraimova va S.Zufarovalar sovg‘alar bilan taqdirlandilar.