Akademiya bakalavriati va magistraturasining talaba va tinglovchilari bilan ta’lim muassasasida tazyiq va zo‘ravonlik – “bulling”ning oldini olishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Akademiyaning talaba va tinglovchilari orasidan ixtiyoriy volentyorlik guruhi tashkil etilib, uning asosiy vazifasi tengdoshlari o‘rtasida “bulling” holatlarini barvaqt aniqlash va uning oldini olishga qaratilgan.
O‘tkazilgan yig‘ilishda, faollarga “bulling” tushunchasi, uni barvaqt aniqlash usullari hamda unga qarshi kurashish mexanizmlari batafsil tushuntirib berildi.
Akademiyada mazkur yo‘nalishda ishlar doimiy ravishda olib borilishi ta’minlanadi.