Sud va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida Ilmiy-tadqiqot konsortsiumi doirasida 2020 yil 12 may kuni soat 10-00 da “Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari” mavzusida Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etilganligining 2 yilligiga bag'ishlangan respublika ilmiy-amaliy video-konferentsiya bo'lib o'tadi.
Shuningdek, shu kuni Konsortsiumning navbatdagi yig'ilishini o'tkazish ham rejalashtirilgan. Ilmiy-amaliy konferentsiya ishida mamlakatimizdagi yuridik oliy o'quv yurtlarining yetakchi olimlari, professor-o'qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, shuningdek yuridik fan va amaliyotga aloqador mutaxassis va ekspertlar qatnashishi kutilmoqda.
Mazkur video-konferentsiya ishida ishtirok etuvchilar 2020 yil 12 may kuni soat 09:30 dan 10:00 ga qadar https://conf.uzcloud.uz/#join:t39b5e9c3-2cae-4ac8-87f0-b7d1c0fc0dfb havolasi orqali ro'yxatdan o'tishlari taklif etiladi.