Xozirgi kunda Bosh prokuratura tomonidan xodimlar o'rtasida sog'lom muhitni shakllantirish, ularning har tomonlama ma'nan va jismonan yetuk bo'lishini ta'minlashga qaratilgan turli tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.
Jumladan, 2018 yil 11 iyun kuni Bosh prokuraturada kichik futbol bo'yicha «O'zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi kubogi» musobaqasi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Bosh prokuratura terma jamoasi respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlari o'rtasida o'tkazilgan mini-futbol musobaqasida g'alabaga erishdi.
Tadbirda Bosh prokuratura terma jamoasi a'zolari, Bosh prokuraturaning barcha tarkibiy tarmoqlari rahbarlari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament, Majburiy ijro byurosi, Inspektsiya va Akademiya xodimlari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi ishtirok etdi.
Bosh prokuror terma jamoa a'zolarini tabriklab, g'alabani qo'lga kiritishdagi professional mahorati va shiddatli mehnatini ta'kidladi va ulkan yutuqlarga erishishida muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, Bosh prokuratura raxbariyati tomonidan terma jamoa a'zolarini rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlar qo'rildi.