O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegatsiyasi vakillari 2018 yilning 13 iyun kuni Minsk shahrida o'tkazilgan Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tashkillashtirilgan «Prokuratura organlari kadrlarini tanlash, tayinlash, tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari» mavzusiga bag'ishlangan konferensiyada qatnashishdi.
Mazkur tadbirda Belarus Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari A.Dubov, Qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash ilmiy-amaliy markazi direktori V.Marchuk hamda Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasi va o'quv muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada O'zbekiston va Belarus Respublikasida prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya yakunida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Akademiyasi, Belarus Respublikasi Bosh prokuraturasining Qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash ilmiy-amaliy markazi hamda Belarusiya davlat universitetining Sudyalar, prokuratura, sud va adliya muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'rtasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolandi.