Ilmiy-amaliy davra suhbatida ishtirok etildi

Ilmiy-amaliy davra suhbatida ishtirok etildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida “Jinoyat protsessida tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni takomillashtirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy davra suhbatida ishtirok eishdi.

Shuningdek mazkur davra suhbatida Bojxona instituti va IIV Akademiyasi kursantlari va magistrantlari ham qatnashdilar.

Mazkur tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining katta o‘qituvchisi F.Mirzayev “Ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazishda xolislar ishtirokining ahamiyati” hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasining katta o‘qituvchisi S.Shomirzayev “Gumon qilinuvchini so‘roq qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Akademiyaning tajribali mutaxassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.