JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISHNING AYRIM MUAMMOLARI

JINOYATLARNI KVALIFIKATSIYA QILISHNING AYRIM MUAMMOLARI

2018 yilning 14 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan “Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning ayrim muammolari” mavzusida idoralararo davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Bosh prokuratura markaziy mahkamasi, hududiy prokuratura, sud, ichki ishlar, bojxona va soliq organlari hamda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o'rganish tadqiqot markazi xodimlari, Bosh prokuratura Akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o'qituvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida ayrim jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish masalalari, xususan, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni noqonuniy egallash, tayyorlash, ularni qalbakilashtirish yoki ulardan foydalanish bilan bog'liq, talon-toroj bilan bog'liq jinoyatlar, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muammolari, jinoyat motivi va maqsadining qilmishni kvalifikatsiya qilishdagi ahamiyati yoritildi.

Tadbirda jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda huquqni qo'llash amaliyotidagi ayrim xato va kamchiliklarning oldini olishga doir takliflar, shuningdek jinoyat qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari, yagona sud amaliyotini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqdilar, bildirilgan takliflar bo'yicha o'zaro fikr almashdilar.