2023 yil 5-27 iyun kunlari Akademiya bakalavriatining 1-kurs talabalari Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarida amaliyot, 2-kurs talabalari Toshkent shahar va Toshkent viloyat ichki ishlar organlarida kasbiy stajirovka o‘tadilar.
Talabalar uchun joriy etilgan amaliyot va kasbiy stajirovka ularning soha mutaxassisligi bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.