Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun tanlov o‘tkaziladigan vaqt va binolar haqida e’lon

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun tanlov o‘tkaziladigan vaqt va binolar haqida e’lon

Akademiya magistraturasining quyidagi mutaxassisliklari uchun tanlovlar 2023 yil 16 avgust kuni o‘tkazilishi ma’lum qilinadi:

“Tergov faoliyati” – barcha nomzodlar uchun chet tili, psixologik test va yozma imtihon;  

“Prokurorlik faoliyati” – ichki nomzodlar uchun chet tili;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” – ichki nomzodlar uchun chet tili;

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – ichki nomzodlar uchun chet tili.

Barcha mutaxassisliklar bo‘yicha tanlovlar soat 08:00 da boshlanadi.

Nomzodlar 06:30 da shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asli bilan quyidagi manzilda hozir bo‘lishi talab etiladi.

 

Hudud nomi

Muassasa nomi

Manzil

Lokatsiyasi

Toshkent shahri

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi (atrium)

Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy

https://goo.gl/maps/ddKtSvPNGCmtKxwc7

 

“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi (konferens-xoll)

Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy

https://goo.gl/maps/ddKtSvPNGCmtKxwc7

 

 

Eslatma: Shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz kelgan nomzodlar tanlovga qo‘yilmaydi!