O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun tanlov jarayoni yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2023/2024 o‘quv yili uchun tanlov jarayoni yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi  Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga tanlov jarayoni nihoyasiga yetdi.

Mazkur tanlovlarda “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq”  mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning kunduzgi, shuningdek “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’limning sirtqi shakli uchun jami 442 nafar nomzod ishtirok etdilar.

Nomzodlar to‘plagan ballari bilan o‘z pasport (ID-karta) raqami orqali quyidagi ro‘yxatda tanishishlari mumkin.

Tanlov yakuniga ko‘ra, ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlar to‘plagan ballarni umumlashtirish yakunlariga asosan eng yuqori natijalarga erishgan 45 nafar nomzod ta’limning kunduzgi shakli hamda 27 nafar nomzod esa ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.

Shuningdek, “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan jami 157 nafar nomzoddan 34 nafari o‘qishga tavsiya etilgani ma’lum qilinadi.

Ta’limning kunduzgi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 10:00 da Akademiyaga quyidagi hujjatlar bilan hozir bo‘lishi so‘raladi:

1. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport yoki ID-karta);

2. Tanlovga taqdim etgan diplomi va diplom ilovasining asli.

Ta’limning sirtqi shakliga tavsiya etilgan nomzodlar Akademiyaga taklif etiladigan sana haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Akademiya jamoasi magistraturaga tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni tabriklab, ularga ilm-fan, ta’lim va amaliyot cho‘qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.

info@proacademy.uz