Akademiya jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriati “Tergov faoliyati” va “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan nomzodlarni tabriklab, ularga ta’lim va amaliyot cho‘qqilarini egallashlarida ulkan zafarlar tilaydi.
2023 yil 4-sentyabrdan 2023/2024 o‘quv yili o‘quv mashg‘ulotlari Akademiyaning Yunusobod tumanidagi o‘quv korpusida boshlanadi (Manzil: Toshkent shahar, Rixsiliy ko‘chasi, 9).
1-kurslar uchun 1-smenada soat 08:00da saflanish tadbiri, soat 09:00dan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi, 2 va 3-kurslar uchun 2-smenada soat 12:30da saflanish tadbiri, soat 13:30dan o‘quv mashg‘ulotlarit boshlanadi.
Barcha talabalar kiyinish va tashqi ko‘rinish madaniyatiga rioya qilgan holda o‘quv qurollari bilan kelishlari lozim.