Fransiyaga ishchi safar amalga oshirildi

Fransiyaga ishchi safar amalga oshirildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig'i boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Milliy magistratlar maktabi taklifiga binoan Parij shahriga (Fransiya) ishchi safar bilan tashrif buyurdi.

Frantsiyaning Milliy magistratlar maktabi (ENM) rahbariyati va o'qituvchilari bilan o'tkazilgan uchrashuv davomida ikkitaraflama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, muassasalar o'rtasidagi faol hamkorlik natijalari muhokama qilindi, shu jumladan 2017 yildagi ENM faoliyati bilan tanishuv, Bosh prokuratura Akademiyasiga ENM yetakchi o'qituvchilari va mutaxassislarining tashriflari, shuningdek, ularning Akademiya faoliyatini takomillashtirish va uning salohiyatini mustahkamlashdagi hissalari qayd etildi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra, Fransiyaning Milliy magistratlar maktabi bilan hamkorlik to'g'risidagi Bitim imzolanib, unda boshlang'ich tayyorgarlikni tashkil etish hamda butun ish faoliyati davomida prokuratura organlari xodimlarining kasbiy rivojlanish dasturlari sohasida doimiy tajriba almashinuvi nazarda tutildi, huquqiy hujjatlar, ilmiy nashrlar va o'quv dasturlarining o'zaro almashinuvi, hamkorlikda tadbirlar o'tkazilishi xususida kelishuvga erishildi.

Tomonlar akademik faollikni ta'minlash doirasida ma'ruzachilar, o'qituvchilar va amaliyotchi xodimlar bilan almashinib turishga kelishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida o'zbek delegatsiyasi Fransiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik agentligi (JCI), Fransiya Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (AFA) rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini belgilab oldilar.