Akademiya talabasi “Unicorns” startap tanlovining final bosqichida

Akademiya talabasi “Unicorns” startap tanlovining final bosqichida

Akademiya baklavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Xurshidbek G‘aniyev yoshlarning innovatsion g‘oya va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Unicorns” startap tanlovi 3-mavsumining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 150 mln. so‘mni tashkil etadi va respublika bo‘ylab eng yaxshi startap loyihalarga venchur jamg‘arma tomonidan 100 ming AQSH dollarigacha investitsiya kiritiladi.

Talabamizga final bosqichda omad tilab qolamiz!