Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

Fan soati doirasidagi dissertatsiya ishi muhokamasi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi D.Dovudova tomonidan fan soati doirasida yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Jinoyat protsessining sud muhokamasida prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda Akademiya, TDYUU, Jamoat xavfsizligi universiteti, Inson huquqlari milliy markazi, Sudyalar oliy maktabi, IIV Akademiyasi hamda Davlat va huquq institutining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari va magistratura tinglovchilari qatnashdi.

Fan soati doirasida tadqiqotchi tomonidan mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.