Akademiya vakillari "Nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va talabalarning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini yuksaltirishning dolzarb masalalari" mavzusida Angren universitetida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.
Konferensiyada nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy qiyofasini yuksaltirishda muhim sanalgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, konferensiyada Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.d., professor M.Mamasiddiqov, O‘zbekiston musulmonlar idorasi bosh xattoti, islomshunos olim H.Solih, O‘zbekiston xalq yozuvchisi M.Ahmedov va bir qator professorlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘zkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya aynan milliy qadriyatlarimiz, ma’naviy merosimizga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.