BOSH PROKURATURADA «BUYUK KELAJAK» XNNT EKSPERTLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

BOSH PROKURATURADA «BUYUK KELAJAK» XNNT EKSPERTLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

2018 yil 07 avgust kuni Bosh prokuror O.Murodovning  «Buyuk kelajak» Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti hamda KPMG auditor-konsalting kompaniyasi vakillari bilan O'zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha uzoq muddatli rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi loyihasi takliflarining muhokamasi yuzasidan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi ijrochi direktori A.Burxanov, «Buyuk kelajak» XNNT hammuassisi O.Shayxov, «Buyuk kelajak» XNNT ijrochi direktori o'rinbosari Z.Azimova, «Buyuk kelajak» XNNT Ekspertlar Kengashi eksperti X.Redjaboev, Xalqaro strategiya guruhi va KPMG kompaniyasi (Rossiya) vakillari S.Chekmazova, S.Korotkix, Bosh prokuratura Akademiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy va qonun ijodkorligi sohasiga oid tarkibiy tarmoqlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan Taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilangan: davlat va jamiyat boshqaruvi tizimidagi demokratik islohotlarning izchilligi, aholining ijtimoiy himoyasi va yashash sharoiti darajasini oshirish, infrastruktura va sanoatni rivojlantirish, moliya sektorini rivojlantirish, innovatsiya, ilm-fan, turizm, madaniyat, ta'lim va inson resurslarini rivojlantirish yo'nalishlari keng muhokama qilindi.

Uchrashuv konstruktiv tarzda bo'lib o'tdi, unda Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan «Buyuk kelajak»ning tashabbus va loyihalarini qo'llab-quvvatlash va amalga oshirilishida ko'maklashishga tayyorligi bildirildi.