Jinoyatchilikning oldini olishni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan qator seminarlar o‘tkazildi

Jinoyatchilikning oldini olishni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan qator seminarlar o‘tkazildi

Akademiyaning Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq qilish markazi tomonidan mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inining mas’ul xodimlari uchun jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qator o‘quv-seminarlari tashkil qilindi.

Seminarda Bektemir tumanidagi “mahalla beshliklari” ishtirok etib, jinoyatchilikning, jumladan voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olishni samarali tashkil etish, shuningdek Qo‘qon shahrida o‘z isbotini topgan ijobiy tajribani qo‘llash masalalari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, seminar doirasida amaliyotda uchraydigan muammolar, jumladan, idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi va ularni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.