“Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar” mavzusidagi mahorat darsi

“Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar” mavzusidagi mahorat darsi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedrasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda Akademiyaning 3-kurs talabalari uchun “Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyati” moduli doirasida “Jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbir davomida ushbu soha mutaxassislari tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi subyektlar (Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya misolida) faoliyatini yagona boshqaruv tamoyili asosida muvofiqlashtirish hamda ularning yaqin hamkorlikda ishlashini ta’minlashning maqsadi, vazifalari, usullari, mexanizmlari va tartibi atroflicha yoritildi.

Mahorat darsi so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.