“Jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklari himoyasi” o‘quv moduli doirasida sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

“Jinoyat protsessida shaxs huquq va erkinliklari himoyasi” o‘quv moduli doirasida sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Akademiyaning “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishi magistratura talabalari uchun “Jabrlanuvchilar huquqlarini himoya qilish” o‘quv moduli doirasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi Toshkent shahar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazida sayyor mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida tinglovchilarga markaz rahbariyati tomonidan psixolog-mutaxassislar ishtirokida markazning tashkil etilishi va faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan birga zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi uslublari va uzluksiz “ishonch telefoni” raqami yo‘lga qo‘yilganligi haqida ma’lumot berildi.

Sayyor o‘quv mashg‘uloti interfaol uslubda o‘tkazilib, mashg‘ulot davomida tinglovchilar ushbu markaz faoliyatiga oid qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.