Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi mudiri, yu.f.d., professor R.Yu.Yusuvaliyeva tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalari uchun “Inson huqlarini himoya qilishning mintaqaviy tizimi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Mazkur mahorat darsi interaktiv usulda o‘tkazilib, talabalarga inson huquqlarini himoya qilishning mintaqaviy tizimlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mashg‘ulot yakunida talabalar o‘zlari tomonidan berilgan savollarga to‘liq va har tomonlama tushunarli javoblarni oldilar.