Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan onlayn uchrashuv

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakillari bilan onlayn uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Akademiya rahbariyatining Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) “Samarali davlat boshqaruvi” dasturi rahbari Viktor Kessler hamda loyiha a’zolari, shuningdek Bolgariyalik ekspert Dragomir Yordanov bilan onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv xorijiy ekspert ishtirokida Akademiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelgusi hamkorlik loyihasini muhokama qilish maqsadida o‘tkazildi.

Tomonlar mazkur loyihaning keyingi bosqichlari va uni hamkorlikda amalga oshirish tadbirlarini kelishib olishdi.