Sloveniya Adliya vaziri Goran Klimenchich ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash: Sloveniya tajribasi” mavzusida davra suhbati

Sloveniya Adliya vaziri Goran Klimenchich ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash: Sloveniya tajribasi” mavzusida davra suhbati

2018 yil 18 avgustda Bosh prokuraturada Sloveniya Adliya vaziri Goran Klimenchich, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilot vakillari, Bosh prokuratura Akademiyasi professor-o'qituvchilari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiya Kotibiyati ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurash: Sloveniya tajribasi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

 Davra suhbati ishtirokchilari Sloveniyaning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi muvaffaqiyatli amaliyot turlari bilan tanishishdi. Bu esa davlat sektorining shaffofligini oshirishga, jamoatchilikning ishonchini oshirishga hamda qonun ustuvorligini ta'minlashga hizmat qilganligi ta'kidlandi.

Davra suhbati davomida fikrlar almashinuvi bo'lib o'tdi va kelajakdagi xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan muhokama olib borildi.

Uchrashuv samarali muloqot va fikr almashish tarzida o'tdi.